
Ilovada mahsulotlarni ko'rsatish variantlari.
Ilovada toifalar ro'yxati va ularning ichidagi mahsulotlarni ko'rsatish usulini o'zgartirish mumkin. Hozircha ikki variant mavjud — kelajakda yana ko'proq qo'shamiz.
Birinchi variant — ichma-ich tuzilma: avval toifalar ro'yxati ko'rsatiladi, toifani ochganda foydalanuvchi unga kiruvchi mahsulotlarni ko'radi. Bu ilova yaratilganda sukut bo'yicha tanlangan variant.

Ikkinchi variant — toifalar ekraning yuqori qismida bir qatorda ko'rsatiladi, pastda esa tanlangan toifadagi barcha mahsulotlar bo'ladi.

Ko'rsatish variantlarini boshqarish uchun yon menyudagi «Ilova» bo'limini oching va kerakli dizaynni tanlang.

Variantlar o'rtasida istalgan paytda cheklovsiz almashish mumkin. Funksiya barcha tarif rejalarda mavjud.